Bugungi kunda tibbiyot sohasida olib borilayotga islohotlar o’z samarasini bermoqda. Yangilanayotgan Konstitutsiyamizning 48-moddasida keltirib o’tilgan tibbiy sug’urtaning har xil turlarini rivojlantirish bu tibbiyot talabalari, xodimlarini, qolaversa xalqimiz uchun Sog’liqni saqlash sohasidagi qomusimizda belgilab qo’yilgan tibbiyotdagi eng katta qadamlardan biridir.
Toshkent tibbiyot akademiyasida yangilanayotgan O’zbekiston Respublikasi «Konstitutsiya bizning kelajagimiz va taqdirimiz, biz bunga befarq emasmiz» shiori ostida konsert dasturi bo’lib o’tdi.
Farmatsiya, menejment, tibbiy biologiya biotibbiyot muhandisligi va oliy ma’lumotli hamshira fakulteti jamoasi va talabalari sizlarni 30-aprel kuni siz bilan birgalikda kelajagimizga ovoz beramiz!