Toshkent tibbiyot akademiyasida tibbiyot fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun ilmiy izlanuvchilarga malakaviy imtihonlar o‘tkazilish yuzasidan
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 22-maydagi “Oliy ta’limdan keyingi ta’lim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 304-sonli qarori hamda Oliy attestatsiya komissiyasi Rayosatining qarori bilan tasdiqlangan “Malakaviy imtihonlarni oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi Nizom”ga asosan mutaxassislik fanlari va chet tillari bo‘yicha navbatdagi malakaviy imtihonlar (rejaga asosan) uchun hujjatlar qabul qilish davom etmoqda.
Malakaviy imtihon topshirish uchun hujjatlar ilmiy tadqiqotlar, innovatsiyalar va ilmiy -pedagogik kadrlar tayyorlash bo‘limiga taqdim qilinadi, ular:
- Ariza (telefon raqami ko’rsatilgan xolda)
- ID karta (Pasport) nusxasi
- Ilmiy ish mavzusi tasdiqlangan Ilmiy kengash va/yoki chop etilgan OAK byulletendan nusxasi
- Boshqa muassasa ilmiy izlanuvchilari uchun – yo‘llanma xat (TTA Rektor nomlariga)
Hujjatlarni taqdim etish joriy yilning 5-mayiga qadar davom etadi.
Malakaviy imtihonlar o‘tkazilishi rejalashtirilgan jadval:
Chet tili (ingliz tili, nemis tili va boshqa xorijiy tillar) dan – joriy yilning 10-may kuni soat 10:00
Mutaxassislik fanlaridan – joriy yilning 11-12 may kunlari soat 10:00 da
Diqqat! Imtihon topshiruvchi talabgorlar imtihonga o‘z shaxsini tasdiqlovchi hujjatni asos qigan holda kiritiladi. Malakaviy imtihonlar 5-TTJda joylashgan majlislar zalida bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan.
Manzil: Toshkent shahri, Olmazor tumani, Farobiy ko‘chasi, 2-uy.
Izoh: Malakaviy imtihonlar o‘tkazilishi rejalashtirilgan sana va bo‘lib o‘tadigan joy o’zgarilsa, qo’shimcha xabar beriladi.