Bugungi kunda yoshlar ta’lim va tarbiyasi davlat siyosatining dolzarb masalalaridan biriga aylanganligi hech kimga sir emas. Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan barcha ijobiy o`zgarishlar zamirida har tomonlama barkamol – jismonan sog`lom, aqlan yetuk, mustaqil va ijodiy fikrlashga qodir, intellektual salohiyati yuksak yosh avlod to`g`risida g`amxo`rlik qilish ustuvor maqsadimizdir.
Joriy yilning 19-aprel kuni Toshkent tibbiyot akademiyasi 9-talabalar turar joyida Pediatriya, stomatologiya, xalq tabobati va tibbiy pedagogika fakulteti talabalari va yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan muovini S.Sh. Rustamova, Olmazor tumani Xotin – qizlar masalalari bo‘yicha katta inspektor, podpolkovnik S.Sh.Meliyeva, M.U.Anarbayeva hamda mayor S.E.Mavlyanovalar ishtirokida “Yoshlar o’rtasida jinoyatchilikning oldini olish va unga qarshi kurashish” mavzusida profilaktik tadbir oʻtkazildi.
Uchrashuvda tadbir mehmonlari mavzu yuzasidan soʻzga chiqib, mamlakatimizda qonunchilik tizimidagi o‘zgarishlar, jinoyatchilikning kelib chiqish sabablari, yoshlar orasida jinoyatchilik, giyohvandlik va boshqa salbiy illatlarni oldini olish bo‘yicha ma’ruzalari tinglandi va bu borada talabalar ishtirokida profilaktik tadbirlarni tashkil etish boʻyicha taklif va tavsiyalar berildi.