Farmatsiya, menejment, tibbiy biologiya, biotibbiyot muhandislig va oliy ma’lumotli hamshira fakulteti dekani S.U.Aliyev va dekan o‘rinbosari N.A.Abzalovalar reja-jadvalga muvofiq joriy yil 28 aprel kuni Mikrobiologiya, virusoloiya va immunologiya kafedrasiga tashrif buyurishdi.
Kafedra mudiri Z.A.Nuruzova va 11 nafar kafedra xodimlari (6 nafari ilmiy darajali, ilmiy salohiyat 50%, Rashidova – IELTS 7,5, Jumamurodov – CEFR, Yodgorova – APTIS) bilan bugungi kundagi yutuq va muammolari haqida suxbatlashildi.
TTA 2-o‘quv binosi 1-qavati chap qanotida vaqtincha joylashgan kafedrada “Mikrobiologiya, virusoloiya va immunologiya” fanidan o‘quv mashg‘ulotlari olib boriladi. Kafedra asosiy joyi TTA ko‘p tarmoqli klinikasi 4-bino 7-qavati ta’mirlash ishlari yakunlanmagan.
“Tibbiy biologik ish” yo‘nalishi 204ab va 205a guruh talabalari bilan akademik qarzdorlik, qarzdorliklarni qayta topshirish, kontrakt-to‘lovini o‘z vaqtida amalga oshirish hamda Referendum haqida suhbat o‘tkazdi. Davomat 85%. Talabalarga baho qo‘yishda Nizomga to‘liq amal qilingan.
TTA attestatsiyasidan keyin xodimlar reja bo‘yicha ilmiy va o‘quv mahsulotlarini chop etishmoqda. Jumladan, joriy yilning yanvar-mart oylarida 1 ta o‘quv qo‘llanma, 9 ta o‘quv uslubiy qo‘llanma, 14 ta xorijiy va 14 ta mahalliy maqola, 16 ta DGU, 5 ta monografiya, 2 ta uslubiy tavsiyanoma chop etilgan. Reja asosida 2023 yil 3-8 aprel kunlari 3 nafar xorijiy professor mater klass o‘tkazishdi.
Hozirda 3 ta darslik, 2 ta o‘quv qo‘llanma, 24 ta mualliflik huquqi va 4 ta ratsional taklif ekspertlar muhokamasidan o‘tmoqda, may oyida TTA kengashiga taqdim etish rejalashtirilgan.
2023 yil davomida 1 nafar xodimning PhD himoyasi (Ergashev O.), 3 nafar xodim (O‘rinbayeva, Kudiyarov, Jo‘rayeva) sentyabr oyida IELTS imtixoni topshirishi, 15 mayda xalqaro olimpiada va sentyabr oyida xalqaro konferensiya o‘tkazish rejalashtirilgan.
Shu bilan birga, Scopus (Web of Science) maqolalari yo‘qligi, grant mablag‘lari jalb etilmaganligi, laboratoriya mashg‘ulotlari bajarilmasligi, xodimlarning xorijda malaka oshirish va stajirovkalari tashkil etilmaganligi ko‘rsatib o‘tildi.
Shuningdek, 2023/2024 o‘quv yilida “Tashxislashning funksional usullari (bakteriologiya, virusologiya)” magistratura mutaxassisligigi “Tibbiy profilaktika ishi” va “Tibbiy biologik ish” bakalavriat yo‘nalishlari bitiruvchilarini xujjat topshirishiga ruxsat berish, o‘zbek va rus tillarida tayyorlangan “Klinik immunologiya” darsligini chop etish, har bir xodim kafedra ilmiy va o‘quv-uslubiy mahsulotlarini o‘z vaqtida chop etishi va dars jarayonlarini sifatli tashkil etishi kerakligi ta’kidlandi.