O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI SOG‘LIQNI SAQLASH VAZIRLIGI
TOSHKENT TIBBIYOT AKADEMIYASI
RESPUBLIKA IXTISOSLASHTIRILGAN NARKOLOGIYA
ILMIY-AMALIY TIBBIYOT MARKAZI
O‘ZBEKISTON PSIXIATRLAR ASSOSIATSIYASI
Hurmatli hamkasblar!
«Zamonaviy psixiatriya va narkologiyada biopsixoijtimoiy yondashuv»
xalqaro konferensiyada ishtirok etishga taklif etamiz!
SANA: 2023 yil 5-may
O’TKAZILISH VAQTI: 9.00 dan 18.00 gacha
ISHTIROKCHILARNI RO‘YXATDAN O‘TKAZISH: 5-may soat 8:30 dan 14:00 gacha
ILMIY DASTUR: Zamonaviy psixiatriya, narkologiya, psixofarmakoterapiya,
psixoterapiya, tibbiy psixologiya, psixiatriya va narkologik
yordamni tashkillashtirishning dolzarb masalalari. Jahon
psixiatrlar assotsiatsiyasi ko‘magida dunyoga mashhur psixiatr
va narkologlarning ma’ruzalarini o‘tkazish rejalashtirilgan.
ISHTIROK ETISH: Konferensiyada ishtirok etish uchun psixiatr, narkolog,
psixoterapevt, tibbiy psixolog, nevropatolog, oilaviy shifokor va
boshqa mutaxassislar taklif etiladi.
Konferensiyaning rasmiy tili oʻzbek, ingliz va rus tili.
KONFERENSIYADA ISHTIROK ETISH SHAKLI:
• shaxsiy ishtirok + nashr + doklad;
• shaxsiy ishtirok + doklad;
• shaxsiy ishtirok + nashr;
• nashr va dokladsiz shaxsiy ishtirok etish;
• faqat nashr.
NASHRLARNI SHAKLLANTIRISH TALABLARI:
Konferensiya mavzusi va materiallari boʻyicha “Toshkent tibbiyot akademiyasi axborotnomasi” ilmiy-amaliy jurnalida maqolalar toʻplamini chop etish rejalashtirilgan.
• Maqolalar dizayniga qo‘yiladigan talablar:
https://ttaa.tma.uz/vestnik-pdf/ttaa-2016-01_p159.pdf
• Qoidalarga rioya qilmagan maqolalar ko‘rib chiqilmaydi.
• Maqolalar uzpa.org@gmail.com manziliga yuborilishi
kerak
• Bitta muallifdan 2 tadan ortiq maqola qabul qilinmaydi.
• Nashr qilish bepul.
• “Eng yaxshi nashr” tanlovida g‘olib bo’lgan 3 ta maqola Consortium Psychiatricum jurnalida (Scopus xalqaro
nashrlarni indekslash tizimiga kiritilgan) chop etiladi.
TOPSHIRISH MUDDATI: Nashrni topshirishning oxirgi muddati: 2023 yil 10 aprel
Doklad bilan ishtirok etishga topshirishning oxirgi muddati:
2023-yil 1-aprelgacha
DIQQAT! Konferensiya ishtirokchilarini roʻyxatdan oʻtkazish bepul.
Transfer va turar joy bilan bog’liq barcha xarajatlar konferentsiya
ishtirokchilari tomonidan qoplanadi.
TASHKILIY QO‘MITA: Biz bilan bog‘laning:
Email: uzpa.org@gmail.com
Tel.:
• +998974240152 Roza Kuralbaevna Userbaeva
• +998977128805 Hayredinova Inara Ilgizovna
• +998998294526 Lyan Yekaterina Mixaylovna