Bugun, 10 may kuni «Biotibbiyot muhandisligi, informatika va biofizika» kafedrasi dotsenti Islom Mullajonov 80 yoshni qarshiladi. Qariyb 58 yillik mehnat faoliyati davrida u halol mehnati va chuqur bilimini yoshlarga ulashishi tufayli xalqimiz hurmatiga sazovor bo‘ldi. Tibbiyot sohasida jonkuyarlik ko‘rsatayotgan juda ko‘p shogirdlar uning tarbiyasini olishgan. Doimo sog‘-salomat bo‘lib, bizning yo‘limizni yoritib yuring!