«Российские железные дороги» MChJ Sog‘liqni saqlash Markaziy direksiyasi rahbari E.Jidkova boshchiligidagi delegastiya Toshkent tibbiyot akademiyasiga tashrif buyurdi. Tashrif chog‘ida ikki tomonlama hamkorlik masalalari muhokama qilinib, tomonlar o‘zaro tajriba almashish, konferentsiyalar, tibbiyot hodimlarining malakasini oshirish hamda tizimli o‘quv kurslarini tashkil etish bo‘yicha kelishuvlarga erishdilar.