Toshkent tibbiyot akademiyasida xalqaro hamkorlikni kengaytirish doirasida Padua universiteti (Italiya) jismoniy tibbiyot va reabilitatsiya maktabi direktori professor Stefano Masiero bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Padua universiteti Evropaning eng qadimgi universitetlaridan biri bo‘lib, uning bitiruvchilari zamonamizning taniqli olimlaridan hisoblanadi. Shu kunlarda Padua universiteti professori Toshkent tibbiyot akademiyasi talabalari uchun mahorat darslari hamda ma’ruzalar o‘qishi rejalashtirilgan. Bugun professor Stefano Masiero bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuv va muzokaralar yakunida ikki universitet o‘rtasida hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, reabilitologiya sohasida qo‘shma ilmiy tadqiqotlar olib borish hamda xalqaro grant loyihalarida ishtirok etish to‘g‘risida kelishuvga erishildi.