Bugun, Toshkent tibbiyot akademiyasi va Litva Sog‘liqni saqlash fanlari universiteti o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi. Litva Sog‘liqni saqlash fanlari universiteti Litvada Xalqaro sog‘liqni saqlash standartlariga muvofiq tibbiyot xodimlarini tayyorlaydigan asosiy tibbiyot universiteti hisoblanadi. Imzolangan Memorandum va uchrashuv chog‘ida erishilgan kelishuvlar oliy tibbiy ta’lim tizimida Yevropaning ilg‘or tajribasi asosida tibbiyot mutaxassislarini tayyorlash dasturlarini moslashtirish va takomillashtirish bo‘yicha qo‘shma ishlarni amalga oshirishda mustahkam asos bo‘lishi kutilmoqda.