E’lon!

e'lon

Hurmatli Toshkent tibbiyot akademiyasining 2022-2023- oʻquv yilida bakalavriat va magistratura yoʻnalishlarini tamomlayotgan bitiruvchilar!
Toshkent tibbiyot akademiyasi tomonidan 2023-yil 16-iyun kuni soat 9.00 da Alisher Navoiy nomidagi (Panorama) kino saroyining katta zalida “Ibn Sino izdoshlarimiz” nomli bitiruvchilarni shifokorlik qasamyodini qabul qilish va bitiruviga bagʻishlangan tantanali tadbirga taklif qilamiz!
Ushbu tantanali tadbirda Toshkent tibbiyot akademiyasining 2022-2023- oʻquv yilida bakalavriat va magistratura yoʻnalishlari bitiruvchilari, ota-onalar hamda ustozlarning ishtiroki koʻzda tutilgan boʻlib, tadbirda bitiruvchilarni taqdirlash, konsert dasturi, esdalik uchun fotosessiya va shu kabi koʻplab esda qolarli daqiqalar koʻzda tutilgan.
Viloyatlardan kelgan bitiruvchilarga yashash uchun joy mavjud boʻlmagan taqdirda, talabalar turar joyidan vaqtincha yashashlari uchun bepul joy ajratiladi. Hurmatli bitiruvchilar, sizlarni 14-iyun kunidan boshlab fakultet dekanatlarida kutib qolamiz.

 

Toshkent tibbiyot akademiyasi rektorati

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan