“Aholining ruhiy salomatligini muhofaza qilish xizmatini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi Prezident qaroriga koʻra 2023-yil 1-avgustdan tibbiyot muassasalarida ruhiy salomatlik bilan shugʻullanuvchi alohida mutaxassislar faoliyati yoʻlga qoʻyiladi.
Jumladan:
— tuman (shahar) koʻp tarmoqli markaziy poliklinikalarida Aholining sogʻlom turmush tarzini qoʻllab-quvvatlash va jismoniy faolligini oshirish markazining tuman (shahar) boʻlinmalari shtatlarini qisqartirish hisobidan – tibbiy psixolog;
— statsionar oʻringa ega boʻlmagan ruhiy-asab kasalliklari dispanserlari va tarkibida dispanser mavjud boʻlgan ruhiy kasalliklar shifoxonalarida – suitsidolog;
— statsionar oʻringa ega boʻlgan ruhiy-asab kasalliklari dispanserlari va ruhiy kasalliklar shifoxonalarida – amaldagi shtatlar doirasida qabul boʻlimi shifokori, navbatchi psixiatr, tibbiy psixolog yoki psixoterapevt shtatlari joriy etiladi.