Toshkent tibbiyot akademiyasi Yoshlar bilan ishlash bo’yicha dekan muovini va tyutorlari joriy yilning 25-iyul kuni Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda Iste’dodli yoshlarni qo’llab- quvvatlash «Ulug’bek» jamg’armasi tomonidan tashkil qilingan tadbirda ishtirok etishdi.
Tadbirda, O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Sud-huquq masalalari va korrupsiyaga qarshi kurashish qo’mitasi raisi Umarov Narimon Madjitovichning «Yangi g’oyalar va tashabbuslar kerak» mavzusidagi ma’ruzasi bo’lib o’tdi. Tadbir davomida Toshkent tibbiyot akademiyasi jamoasi ham faol ishtirok etdi.