2023/2024 O‘QUV YILIDA TOSHKENT TIBBIYOT AKADEMIYASI KLINIK ORDINATURASIGA O‘QISHGA QABUL QILISH BOSHLANMOQDA
Toshkent tibbiyot akademiyasida 2023/2024 o‘quv yilida klinik ordinaturaga hujjatlar 2023-yil 22-avgustgacha (shu kuni ham) onlayn (quyida keltirilgan) tarzda qabul qilinadi.
Topshiriladigan hujjatlar ro‘yxati:
- Klinik ordinatura (rezidentura) mutaxassisligi ko‘rsatilgan holda TTA rektori nomiga ariza
- Oliy ma’lumot to‘g‘risidagi hujjat (yoki diplomdan ko‘chirma – O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim muassasalarini grant bo‘yicha o‘qib tugatganlar uchun) hamda unga ilova
- 086-U-shaklidagi tibbiy ma’lumotnoma
- Qonunchilik hujjatlariga muvofiq o‘qishga kirishda imtiyoz beruvchi hujjat
Toshkent tibbiyot akademiyasida mutaxassislik bo‘yicha kirish imtixonlari 2023 yil 24-26 avgust sanalarida o‘tkaziladi.
Murojaat uchun «Coll-center»: +998954754501
+998954754502
+998954754503
+998954754504
Toshkent tibbiyot akademiyasi klinik ordinaturasiga qabul O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining rejasiga binoan tegishli buyruqlarga asosan qabul qilinadi. Buyruq 26.07.2023 Buyruq №179
2023/2024 o‘quv yilida tibbiy oliy ta’lim va ilmiy muassasalari va viloyatlar bo‘yicha klinik ordinatura (rezidentura) mutaxassisliklarida o‘qitish uchun o‘rinlar soni va ta’lim yo‘nalishlari mosligi qabul-klinik ordinatura bo‘limida batafsil ko‘rsatib o‘tilgan.
Klinik ordinaturani grant yoki maqsadli kvota (grant yoki kontrakt) asosida o‘qishni tugatgan, ammo 3 yil ishlab bermagan shifokorlar klinik ordinaturaga o‘qishga qayta qabul qilinmaydi!
Chet el fuqarolari klinik ordinaturaga suhbat orqali qabul qilinadi va hujjatlar qabuli bo‘yicha TTA Xalqaro fakultetiga murojaat qilinadi:
Telefon: +998954754506
Tibbiyot akadimiyasiga uqishga topshirmoqchi man nima qilish kerak
Har yili rasmiy manbalarda qabul haqida e’lon bo’ladi, shunda qabul komissiyasiga murojaat etish kerak. https://admissions.tma.uz/
Har yili rasmiy manbalarda qabul haqida e’lon bo’ladi, shunda qabul komissiyasiga murojaat etish kerak. https://admissions.tma.uz/