Hurmatli texnikumlarni muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilar!
Abu Ali ibn Sino nomidagi Jamoat salomtligi texnikumlarini muvaffaqiyatli tamomlagan va Toshkent tibbiyot akademiyasiga hujjat topshirgan bitiruvchilarga Suhbat 10-avgustdan 25-avgust mobaynida o‘tkaziladi.
Har bir guruh uchun Suhbatning aniq sanasi, vaqti va joyi bitiruvchining shaxsiy kabinetida ko‘rinadi.
Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 11-yanvardagi 17-son qaroriga ilova qilingan “Texnikumlarni muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilarni oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga suhbat asosida o‘qishga qabul qilish tartibi to‘g‘risida”gi Nizomning 2-bob 10-bandiga muvofiq, bitiruvchilar tomonidan topshirilgan hujjatlarning qalbakiligi aniqlanganda, u suhbatdan (talabalikka qabul qilingandan keyin aniqlansa, talabalar safidan) chetlashtiriladi hamda hujjatlari belgilangan tartibda huquqni muhofaza qiluvchi tashkilotlarga yuboriladi.
Uzrli sabablarga ko‘ra (kasalligi yoki oila a’zolarining vafot etganligini tasdiqlovchi hujjatni taqdim etganda) belgilangan muddatda Suhbatga kelmagan bitiruvchilarga Suhbat o‘tkaziladigan sanadan uch kundan kechikmay Qabul komissiyasiga murojaat etishi lozim. Mazkur toifadagi bitiruvchilar uchun qo‘shimcha Suhbat 25-avgustga qadar o‘tkaziladi.
Suhbat jarayonida quyidagi mavzular bo‘yicha bittadan jami to‘rtta savol beriladi:
- O‘zbekistonda Sog‘liqni saqlash sohasiga oid amalga oshirilayotgan islohotlar (Sog‘liqni saqlash tizimini yanada takomillashtirish, tibbiy xizmat sifati va samaradorligini oshirish, aholi salomatligini mustahkamlash, sifatli dori-darmon bilan ta’minlash borasidagi islohotlar va boshqalar) mohiyati va ahamiyatini tushunish;
- Sog‘liqni saqlash yo‘nalishini tanlashda motivatsiyalarni anglash (tibbiyot xodimiga quyilgan talablar, tibbiyot kasbining mohiyati va ijtimoiy ahamiyatini anglash, tibbiyot kasbiga bo‘lgan fidoyilik va boshqalar);
- Sog‘liqni saqlash xodimining shaxsiy-kasbiy xususiyatlarini tushunish (o‘qishga bo‘lgan qobiliyati, kasbiy vazifalarni hal qilishda amaliy faoliyati, intizomlilik, hamjihatlik, mas’uliyatlilik, qaror qabul qilishda mustaqillik darajasi, shaxsiy yutuqlarining mavjudligi, shuningdek, o‘z ustida ishlash va ijodkorlik qobiliyatlari va boshqalar);
- Stomatologiya, Davolash ishi, Pediatriya ishi, Tibbiy biologiya, Tibbiy profilaktika, Menejment: sog‘liqni saqlash menejmenti, Farmatsiya, Oliy hamshiralik ishi ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha bilim va kasbiy ko‘nikmalariga ega ekanligini aniqlash.
Assalomu alaykum JPDU saytida 4-savolga tegishli savollar to`plami taqdim etilgan ekan Toshkent Tibbiyot Akademiyasi ham o`z savollar to`plamini taqdim etadimi?
Taqdim etilmaydi
Assalomu alaykum JPDU saytida 4-bandagi savolga oid savollar to`plamini taqdim etilgan ekan Toshkent Tibbiyot Akademiyasi ham o`z savollar to`plamini taqdim etadimi ?(o`z yo`nalishiga oid savollar)
Taqdim etilmaydi
Nimaga
Assalomu alaykum JTDU saytida 4- bandagi savol ga savollar to’plami taqdim etilgan ekan Toshkent Tibbiyot Akademiyasi ham o’z savollar to’plamini taqdim etadimi?(o’z yo’nalishiga oid savollarni)
Taqdim etilmaydi
Assalomu alaykum JTDU saytida 4- bandagi savol ga savollar to’plami taqdim etilgan ekan Toshkent Tibbiyot Akademiyasi ham o’z savollar to’plamini taqdim etadimi?(o’z yo’nalishiga oid savollarni)
Taqdim etilmaydi
Sharhingiz moderator nazoratida.
Assalomu alaykum JDPU saytida texnikum bitiruvchilari uchun 4-bandagi savol ga oid savollar to’plami taqdim etilgan ekan Toshkent Tibbiyot Akademiyasi ham savollar to’plamini taqdim etadimi? (O’z yo’nalshiga oid savollarni)
Taqdim etilmaydi