Komil insonni shakllantirish va tarbiyalash tushunchasi eng avvalo oila va jamiyat hayotidagi uzviylikka borib taqaladi. Farzandlarimizga ibrat qilib koʼrsatiladigan manbaalar qanchalik ular ruhiyatiga yaqin boʼlsa, shunchalik ularning maʼnaviy tafakkuriga chuqurroq singib boradi. Toshkent tibbiyot akademiyasi talabalar turar joylarida kichik sanʼat koʼrgazmalarini tashkil etishdan maqsad shu.
TTА bosh oʼquv binosi yoʼlaklari va barcha talabalar turar joylari Oʼzbekiston Respublikasi Prezedentining ruxsat etilgan portretlari va “Ona siymosi” aks etgan portretlar hamda Kamolioddin Bekzod nomidagi Milliy rassomchilik va dizayn instituti professor-oʼqituvchilari tomonidan ishlangan sanʼat asarlari, rassomchilik namunalari bilan bezatildi. Toshkent tibbiyot akademiyasining Kamolioddin Bekzod nomidagi Milliy rassomchilik va dizayn instituti bilan oʼzaro kelishuvi asosida professor-o‘qituvchilari tomonidan yaratilgan 100dag ziyod natyurmort, etyud va peyzaj kabi ijod namunalari xarid qilindi. Bu ezgu harakatlar zamirida talaba yoshlarning kreativ fikrlash koʼnikmalarini sanʼat asarlari va badiiy kompozitsiyalar yordamida shakllantirib borish.
Qolaversa, gʼoyaviy jihatdan insonlarni ezgulikka chorlovchi rangli tasvir asarlari timsolida yoshlarimizning vatanga nisbatan muhabbati va sadoqatini kuchaytirish, ona tabiatga va ona siymosiga boʼlgan mehrini yanada kuchaytirishdek masʼuliyat mujassam.