48 ta OTM World University Rankings – 2024 xalqaro reytingida “reporter” maqomiga ega bo‘ldi, jumladan, ta tibbiyot oliy oʻquv yurti ТОП-1000 talik reytingga kirish uchun da’vogar sifatida qayd etildi.
Buyuk Britaniyaning nufuzli reyting tashkiloti – Times Higher Education agentligi o‘zining World University Rankings – 2024 reyting natijalarini e’lon qildi.
Bu yil respublikamizning yana 20 ta oliy ta’lim muassasasi “reporter” maqomida qayd etilishi bilan TOP-1 000 talik reytingdan joy olish uchun davogarlar o‘tgan yilgi 28 tadan 48 taga yetdi.
Ushbu reytingda universitetlarning 18 ta indikator asosida 5 ta yo‘nalishdagi samaradorlik ko‘rsatkichlari baholandi: o‘qitish, tadqiqot muhiti, tadqiqot sifati, sanoat va xalqaro istiqbollar.
Mazkur 48 ta oliy ta’lim muassasasi THEning nufuzli reytinglariga kirish uchun nomzod sifatida tanlanib, bunda reyting agentligi ularga yaqindan yordam beradi.
Ma’lumot o‘rnida, joriy yil ushbu reytingda 108 ta davlatdan 1 904 ta universitet faoliyatini baholash bo‘yicha ma’lumot taqdim etgan bo‘lib, ulardan 769 tasi “reporter”, ya’ni da’vogar universitetlar maqomiga ega bo‘ldi.