Joriy oʻquv yilida Toshkent tibbiyot akademiyasini 1258 nafar yigit-qiz tamomlaydi. Ularning 1009 nafari bakalavr, 249 nafari magistrlardir.
Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 27-sentyabrdagi “Tibbiyot kadrlarini tayyorlashni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori ijrosini taʼminlash maqsadida 2023/2024 oʻquv yilida Toshkent tibbiyot akademiyasini tamomlaydigan boʻlgʻusi mutaxassislar uchun bitiruvchilar forumi tashkil etildi. Bu orqali yoshlarning ixtisosligiga mos ish bilan taʼminlanishiga koʻmaklashish maqsad qilingan. Read more