Poytaxtimizdagi “Wyndham Tashkent” mehmonxonasida Sog‘liqni saqlash vazirligi, Virusologiya ilmiy-tadqiqot instituti, Respublika ixtisoslashtirilgan epidemiologiya, mikrobiologiya, yuqumli va parazitar kasalliklar ilmiy-amaliy tibbiyot markazi, O‘zbekiston gepatologlar uyushmasi tomonidan tashkil etilgan “Toshkentda kuzgi gepatologiya maktabi” xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyada Toshkent tibbiyot akademiyasining «Jamoat salomatligi va menejment» kafedrasi mudiri Xudaykulova Gulnara Karimovna va kafedra assistenti Xodjayeva Malika Erkinovna 10-11 oktyabr kunlari hamkor tashkilotchilar va konferensiya ishtirokchilari sifatida ishtirok etishmoqda. Anjuman ishtirokchilari va mehmonlarini O‘zbekiston Prezidentining yoshlar, fan, ta’lim, sog‘liqni saqlash, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha maslahatchisining birinchi o‘rinbosari – Laziz Nodirovich To‘ychiyev kutib oldilar. Konferensiyaning asosiy ishtirokchilari: O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi, Sanitariya-epidemiologiya salomatlik va sog‘liqni saqlash xizmati, ixtisoslashtirilgan ilmiy-amaliy tibbiyot markazlari, tibbiyot akademiyasi, yuqumli kasalliklar shifoxonasi, poliklinika xizmati, tibbiyot muassasalari vakillari ommaviy axborot vositalari, shuningdek, ixtisoslashgan tibbiyot mutaxassislari xamda AQSH, Rossiya, Shveysariya, Italiya, Germaniya, Ukraina, Hindiston, Misr, Pokiston, Ozarbayjon va Armanistondan taklif etilgan xorijiy ekspertlar ishtirok etishmoqda.