Ziyoga bag‘ishlangan umr

Bugun 12-oktabr kuni Toshkent tibbiyot akademiyasi Axborot resurs markazi rahbari Galina Viktorovna Kuzminaning 75 yoshni qarshi olgani munosabati bilan rahbariyat tomonidan tabriklandi. Galina Viktorovna Kuzmina 52 yillik umrini kutubxona sohasiga bag’ishladi. U kutubxonachilik sohasida ish faoliyatini 1970-yilda 1-Tosh DavTI kutubxonasi “Adabiyotlarni jamlash va ishlov berish” boʻlimida boshlagan, 1975-1993-yillarda kutubxona sektor mudiri, 1995-2001-yillarda kutubxona boʻlim boshligʻi, 1986-yildan esa kutubxona rahbari lavozimida ishlab boʻlajak shifokor talabalarga yangi  olingan adabiyotlar targʻibotini yetkazish, ilmiy- tibbiy tadqiqot ishlari uchun bibliografik axborot qidiruv ishlarini olib borish, bibliografik tavsiyaviy adabiyotlar roʻyxatlarini tuzib tavsiya etish, kutubxonalarning barcha boʻlimlarida turli toifadagi kitobxonlarga axborot kutubxona xizmati koʻrsatilishini tashkil etish va boshqarishni mohir professional darajasida olib bormoqda. 2005-2014-yillardan hozirgi kunga qadar Galina Viktorovna ARM rahbari sifatida jamoani axborot resurslarini kitobxonlarga tezkorlik asosida yetkazishlarida, Xorijiy maʼlumotlar bazalari bilan ishlash va keraklisini yuklab olish borasida ARM yosh mutaxassislari, ilmiy tadqiqotchi izlanuvchilariga ustoz sifatida sohaga oid malakalarini koʻrsatib kelmoqda.

Galina Viktorovna Toshkent tibbiyot akademiyasi rahbariyati sizni tug‘ilgan kuningiz bilan qutlaydi va kelgusidagi ishlaringizga omad va muvaffaqiyatlar tilaydi!!!

 

Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo’limi

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan