Toshkent tibbiyot akademiyasi epidemiologiya kafedrasida Joriy yilning 30-oktabr kuni «Oliy tibbiy ta’lim jarayonida raqamli ta’lim texnologiyalarini o‘rni» mavzusida Xalqaro o‘quv-uslubiy anjuman bo‘lib o‘tdi. Mazkur anjumanda ilg‘or xorijiy mutaxassislar, jumladan, Qozon davlat tibbiyot universiteti hamda respublikamizdagi Toshkent xalqaro Kimyo universiteti, Buxoro davlat tibbiyot instituti kabi nufuzli oliy ta’lim muassasalarining professor-o‘qituvchilari dolzarb muammolariga bag‘ishlangan ma’ruzarlari bilan qatnashdilar. Ma’ruzalar o‘zbek, rus, ingliz tillarida (off/on-line formatda) o‘qildi.