Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘rtasida “Yil talabasi” tanlovi otkaziladi.
“Yil talabasi” tanlovining Toshkent tibbiyot akademiyasi bosqichi 2023-yil 7-15-noyabr kunlari o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
Tanlov quyidagi nominatsiyalar bo‘yicha o‘tkaziladi:
1. Yilning o‘z mutaxassisligi bo‘yicha eng bilimdon talabasi;
2. Yilning eng faol targ‘ibotchi talabasi;
3. Yilning eng faol ixtirochi- innovator talabasi;
4. Yilning eng faol sportchi talabasi;
5. Yilning eng faol iqtidorli talabasi;
6. Yilning eng faol ijodkor talabasi;
7. Yilning eng faol tadbirkor talabasi.
Tanlovda Toshkent tibbiyot akademiyasida uzluksiz (Akademik ta’tilsiz) kunduzgi ta’lim shaklida o‘qib kelayotgan 2-6-bosqich talabalari ishtirok etishlari mumkin.
Tanlovda ishtirok etish ehtiyojini bildirgan talabalar tanlov shartlari haqida ko‘rsatilgan Nizomdan foydalanishlari mumkin. Xujjatlar 10-noyabr kuni soat 18:00ga qadar fakultetlar yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan muovinlari tomonidan qabul qilinadi.
Ma’lumot uchun:
– 1-son davolash fakulteti yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan muovini Xurramov Abror Rustamovich (+998998898101);
– 2-son davolash fakulteti yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan muovini Axmedov Umid Rufatovich (+998909936323);
– Pediatriya, Stomatologiya, xalq tabobati va Tibbiy pedagogika fakulteti yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan muovini Rustamova Surayyo Shaxobovna (+998977306979);
– Tibbiy profilaktika va jamoat salomatligi fakulteti yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan muovini Razzoqov Alisher Axmadovich (+998998701516);
– Farmatsiya, Menejment, Tibbiy biologiya, Biotibbiyot muxandisligi va Oliy ma’lumotli hamshira fakulteti yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan muovini Abduraxmonova Nodira Xusniddinovna (+998935460073)