GRЕTSIYA SAFARI: Xalqaro hamkorlik ilm-fan taraqqiyoti yo‘lida

GRЕTSIYA SAFARI

Ayni damda O‘zbekistondagi qator Oliy ta’lim muassasalari professor o‘qituvchilari ishtirokida va Toshkent tibbiyot akademiyasi, Biotibbiyot muhandisligi, informatika va biofizika kafedrasi mudiri Bazarbayev Muratali Irisaliyevich boshchiligida Gretsiya davlatida ilmiy safarda bo‘lib turishibdi. Gretsiyaning G‘arbiy Makedoniya universitetida ERASMUS I2-PLEDGE «O‘zbekiston talabalarini ish bilan ta’minlash uchun raqamli o‘sish dasturidan foydalanish bo‘yicha biotibbiyot muhandisligi soxasida innovatsion va fanlar aro dasturlar” loyihasi doirasida “Tibbiyot muhandisligi” yo‘nalishi bo‘yicha o‘qitish samaradorligini oshirish, yangi kompetensiyalarni yaratish, ilmiy hamkorlik, professor-o‘qituvchilar hamda talabalar akademik mobillik aloqalarini o‘rnatish masalalariga bag‘ishlangan rasmiy uchrashuvlarda ishtirok etmoqdalar.
Ma’lumki, O‘zbekiston Respublikasida sog‘liqni saqlash tizimini takomillashtirishda axborot-tibbiyot texnologiyalari va fan yutuqlarini joriy etish hukumatimizning asosiy masalalardan biri hisoblanadi. Ularga yana aholiga tibbiy yordam ko‘rsatish darajasi va tezligini oshirish, zamonaviy tibbiy texnologiyalardan foydalangan holda shifokorlar tomonidan ixtisoslashtirilgan tibbiy yordamni rivojlantirish, aholiga yuqori texnologiyali ixtisoslashtirilgan tibbiy yordam ko‘rsatish, tibbiyot muassasalariga yuqori texnologiyali asbob-uskunalar joriy etilishi munosabati bilan shifokorlarning malaka darajasini ta’minlash, tibbiyot kadrlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish, biotibbiyot muhandislarini tayyorlash tizimini takomillashtirish kiradi.
Ma’lumki, Toshkent tibbiyot akademiyasida ham “Biotibbiyot muhandisligi” yo‘nalishi ochilib, mana uch yildirki unda bakalavr yo‘nalishidagi talabalar tahsil olmoqdalar.
Biotibbiyot muhandisligi profili elektronika, mexanika, informatika, material muhandisligi yoki telekommunikatsiya kabi turli xil muhandislik sohalarida bilimlarni namoyish etadi, tibbiyot va biotibbiyot sohasi uchun vositalar va mahsulotlar yaratishga intiladi.
Delegatsiya tarkibida Toshkent tibbiyot akademiyasi “Biotibbiyot muhandisligi, informatika va biofizika” kafedrasi mudiri M.I.Bazarbayev va kafedra assistenti Sh.A.Isroilova ham ishtirok etmoqdalar.
Tashrif doirasida respublikamizdan borgan olimlar G‘arbiy Makedoniya universitetida “Biotibbiyot muhandisligi” sohasida oshirilayotgan keng ko‘lamli ishlar bilan yaqindan tanishmoqdalar. Ushbu universitetda ta’lim berish jarayoni yuksak saviyada yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, uni bitirgan talabalar dunyoning yetakchi ilmiy markazlarida faoliyat yuritadilar, ikki davlat olimlari hamkorlikdagi konferensiya, seminar va master-klasslarda ishtirok etib, gretsiyalik hamkorlar bilan tajriba almashmoqdalar.
Ushbu universitetda ta’lim berish jarayoni yuksak saviyada yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, uni bitirgan talabalar dunyoning yetakchi ilmiy markazlarida faoliyat yuritadilar.
Universitet xodimlari bizning olimlarni o‘zlarining yuqori texnologik ilmiy laboratoriyalarida biotibbiyot muhandisligi, gen injeneriyasi va nanotexlogiyalar sohasida olib borilayotgan ilmiy tadqiqotlari bilan tanishdirdilar.O‘z navbatida bizning olimlarimiz ham respublikamizda biotibbiyot muhandisligi sohasida olib borilayotgan keng ko‘lamli ishlar bilan o‘z hamkorlari bilan o‘rtoqlashdilar.
Biotibbiyot muhandisligining maqsadlari juda xilma-xildir, rentgenografik tasvirdan tortib, inson genomini tahlil qilishgacha. Biotibbiyot muhandislari biologik tadqiqotlar, inson kasalliklari diagnostikasi, tiklanish jarayonlari va profilaktikasi uchun turli tibbiy vositalarni qo‘llash usullarini o‘rganadilar. Bu esa Respublikamizda sog‘liqni saqlash tizimini takomillashtirish uchun zarur va muhim masala hisoblanadi.
Gretsiyalik mutaxassislar bilan olib borilayotgan hamkorlik bizning respublikamizda ham biotibbiyot muhandisligi yo‘nalishining rivojiga beqiyos hissa qo‘shishi shubhasizdir.

GRЕTSIYA SAFARI GRЕTSIYA SAFARI

GRЕTSIYA SAFARI

GRЕTSIYA SAFARI GRЕTSIYA SAFARI

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan