«Onalik va bolalikni muhofaza qilishda dolzarb muammolar» mavzusida 11-O’zbek-Gruzin Tibbiy Forumi o’tkazildi.

Onalik va bolalikni muhofaza qilishda dolzarb muammolar

Toshkent tibbiyot akademiyasi Oilaviy tibbiyotda akusherlik va ginekologiya kafedrasi tashabbusi bilan bugun TTA Litseyi zalida «Onalik va bolalikni muhofaza qilishda dolzarb muammolar» mavzusida 11-O’zbek-Gruzin Tibbiy Forumi o’tkazildi. Tibbiy Forumi davomida xozirgi kunda akusherlik va ginekologiya amaliyotida uchraydigan dolzarb mavzulari haqida mahalliy va xorijiy mutaxassislar tomonidan ochib berildi. Xalqaro ishtirok bilan 11-O’zbek-Gruzin Tibbiy Forumini TTA o’quv ishlari bo’yicha prorektor Boymurodov Sh.A. ochib berdilar. Kafedramiz mudiri prof. Najmutdinova D.K. Forum dasturi va ma’ruzachilari bilan tanishtirdilar. Gruziyaning nufuzli tibbiyot institutlari va markazalarining yetakchi mutahasisslari zamonaviy UTT imkoniyatlari, EKU amaliyotidagi progressiv novatsiyalar, kafedramiz doktorantlari ilmiy ishlari haqida qiziqarli ma’lumotlar o’qib eshittirdilar.  Konferensiya yakunida prof. Papitashvili A.M.(Gruziya) va Najmutdinova D.K. Forum davomida yuzaga kelgan tinglovchlar savollariga javob berishdi va keyingi ilmiy-amaliy hamkorlik ishlari haqida kelishib olindi. Xulosa qilib aytganda, o’tkazilgan»Onalik va bolalikni muhofaza qilishda dolzarb muammolar» mavzusida 11-O’zbek-Gruzin Tibbiy Forumi TTA kafedralari хodimlari, klinika shifokorlari, magistrlar va klinik-ordinatorlar, talabalar uchun ilmiy va amaliy nazardan foydali bo’ldi.

Onalik va bolalikni muhofaza qilishda dolzarb muammolar Onalik va bolalikni muhofaza qilishda dolzarb muammolar

Onalik va bolalikni muhofaza qilishda dolzarb muammolar Onalik va bolalikni muhofaza qilishda dolzarb muammolar

Onalik va bolalikni muhofaza qilishda dolzarb muammolar

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan