«Agar meni o‘g‘lim chet eldagi tibbiyot oliygohida tahsil olishni reja qilsa, men unga ikkilanmay Toshkent tibbiyot akademiyasini tavsiya etaman»
Toshkent tibbiyot akademiyasi o‘tib borayotgan haftada Janubiy Koreyaning Pusan Milliy universiteti Yongsan gospitalidan tashrif buyurgan etakchi olimlar ishtirokidagi xalqaro anjuman nufuzli mehmonlarning shunday samimiy etirofi bilan boshlandi.
Tashrifning eng yodda qolarli jarayoni Yongsan gospitali mutahassislarining talabalar bilan uchrashuvi boldi.
Toshkent tibbiyot akademiyasi o’quv ishlari bo’yicha prorektori Sh.A.Boymurodov Pusan Milliy universiteti Yongsan Gospitali vakillariga Toshkent tibbiyot akademiyasidagi zamonaviy uquv-amaliy muhit haqida batafsil malumot berdi. Ayni daqiqalarda kelgusidagi hamkorlik aloqalarini yanada rivojlantirish borasida muzokaralar olib bormoqdalar. Mazkur uchrashuv borasida keyingi sahifalarimizda yana malumot beramiz.
Uzbek