Vatanimiz bayrog‘ini yuksaklarga ko‘taraylik mavzusida tadbir tashkil etildi

Har bir inson ongu shuuriga Vatanimiz ramzlariga nisbatan chuqur hurmat tuyg‘ularini singdirish, umummilliy va ehtirom timsollari bo‘lgan bayroq, gerb va madhiyamizni ulug‘lash va ardoqlash barchamizning muqaddas burchimizdir. Ushbu davlat ramzlaridan biri O‘zbekiston Respublikasining “Davlat bayrog‘i to‘g‘risida”gi qonuni 1991-yil 18-noyabr kuni qabul qilindi va shu kundan boshlab Davlat bayrog‘i qabul qilingan kun milliy iftixorimiz sifatida katta tantana bilan nishonlab kelinmoqda. Shunday tantanalar ayni paytda Toshkent tibbiyot akademiyasida barcha fakultetlarda, barcha guruhlar hamda talabalar turar joylarida keng qamrovda o‘tkazilmoqda. Toshkent tibbiyot akademiyasi tomonidan “Vatanimiz bayrog‘ini yuksaklarga ko‘taraylik” mavzusida tantanali tadbir tashkil etildi.  Poytaxtimizning Halqlar do‘stligi maydonida ayni damda bo‘lib o‘tayotgan tantanalarda ham Toshkent tibbiyot akademiyasining talaba-yoshlari faol ishtirok etmoqdalar.

 

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan