Polshaning Adamed xalqaro kompaniyasining Toshkent tibbiyot akademiyasining iqtidorli talabalari uchun stipendiya dasturi ko‘lami kengaymoqda.

Adamed

Polshaning Adamed Xalqaro kompaniyasining Toshkent tibbiyot akademiyasining iqtidorli talabalari uchun stipendiya dasturi ko‘lami kengaymoqda.

Adamed Farma – Yevropaning farmatsevtika va biotexnologiya kompaniyasi bo’lib, 70 dan ortiq mamlakatdagi bemorlarga 500 dan ortiq mahsulotlar ishlab chiqaradi. Ushbu kompaniya 2700 ga yaqin ishchi o’rinlariga ega. 20 yildan ortiq vaqt mobaynida kompaniyada innovatsion ilmiy izlanish jarayonlari olib borilmoqda va  natijada ko’plab mamlakatlarda tan olingan 200 dan ortiq ixtiro patentlari, shuningdek, jenerik dori vositalari yaratilgan. Bizning yuqori sifatli mahsulotlarimiz, ayniqsa, samarasi kuchaytirilgan dori vositalarimiz bemorlarga sezilarli darajada foyda keltiradi.

Toshkent tibbiyot akademiyasi (keyingi o‘rinlarda – TTA) va Polshaning Adamed Pharma S.A. tashkiloti (keyingi o‘rinlarda – Adamed) tomonidan hamkorlik memorandumi asosida  ta’lim granti bo‘yicha  imzolangan shartnomaga muvofiq TTA ning Davolash va Farmatsiya, menejment, tibbiy biologiya, biotibbiyot muhandisligi va oliy ma’lumotli hamshira fakultetlarining iqtidorli talabalariga Adamet stipendiyasini tayinlandi.

Nomzodlar 100 ballik baholash mezoni asosida: o‘rtacha reyting bahosi, xorijiy til bilish darajasi, nashr faoliyati, olimpiada yutuqlari, turli tanlovlardagi yutuqlar, ijtimoiy faoliyat va jamoat ishlarida faolligida, baholashga  oid asoslantiruvchi hujjatlar to‘plami mas’ul kotib tomonidan ishchi guruhga taqdim etildi.

Maxsus tanlov komissiyasi tomonidan har bir talabaning hujjatlar to‘plami  o‘rganib chiqildi.

Joriy yilda Adamed tashabbusi bilan TMA iqtidorli talabalari uchun stipendiyalar soni 10 taga yetkazildi. Maxsus komissiya xulosasiga ko‘ra 10 nafar talaba:

Toshkent tibbiyot akademiyasining Polshaning Adamed ta’lim granti stipendiyasi tayinlangan iqtidorli talabalar ro‘yxati

Talabalarning F.I.O. Talaba tahsil olayotgan fakulteti va kursi
1 Dadayeva Dildora Ixtiyor qizi Farmatsiya,menejment, tibbiy biologiya, biotibbiyot muhandisligi va OMH fakulteti,3-kurs
2 Suyunova Shahlo Sharofiddin qizi 2-son davolash fakulteti, 5-kurs
3 G’iyasov Axliddin Baxriddin o’g’li 1-son davolash fakulteti,6-kurs
4 Odilov Alisher Adxamjonovich 1-son davolash fakulteti, 6-kurs
5 Boqiyev Jahongir Nodirjon o’g’li 1-son davolash fakulteti, 3-kurs
6 Murodullayev Mironshox Nodirbek o’g’li Farmatsiya,menejment, tibbiy biologiya, biotibbiyot muhandisligi va OMH fakulteti,2-kurs
7 Pulatov Jasur Doniyor o’g’li 1-son davolash fakulteti, 6-kurs
8 Madiyarova Farina Umidovna Farmatsiya,menejment, tibbiy biologiya, biotibbiyot muhandisligi va OMH fakulteti 3-kurs
9 Ro‘zimurodova Durdona Ulug‘bek qizi Farmatsiya,menejment, tibbiy biologiya, biotibbiyot muhandisligi va OMH fakulteti 3-kurs
10 Shomansurov Shomaxsum Shoakbar o’g’li 2-son davolash fakulteti, 5-kurs

 Toshkent tibbiyot Akademiyasi ilm-fan sohasidagi xalqaro aloqalarni yanada mustahkamlash tarafdori bo’lib, iqtidorli talabalarni qo’llab-quvvatlash tizimimizga salmoqli hissa qo’shgani uchun Adamedga minnatdorchilik bildiradi.

Translate: Eng Рус

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan