“JIGAR” IGA JIGARINI BЕRGAN HIND QIZI RIKXA

“JIGAR” IGA JIGARINI BЕRGAN HIND QIZI RIKXA

“Men oila tashvishlarini juda erta o‘z bo‘ynimga oldim. O‘shanda doktorlar otamning jigari mutloq qurib borayotganini aytishganida o‘z jigarimni otamga berib uning hayotini qutqarib qolinishiga sababchi bo‘lsam, millatim bolalarining malakali vrach bo‘lishi uchun nimadir ish qilishni orzu qilgandim. Va shu maqsadim sari intildim. “Jigarim”ga jigarimni berib oilamga yorug‘lik kirib kelishiga, otajonimning yana bag‘rimizga qaytishiga erishdim. Endigi maqsadim otalaridan olis yurtda ilm olayotgan millatim vakillariga oz bo‘lsada foydam tegishini hoxlayapman”.

“JIGAR” IGA JIGARINI BЕRGAN HIND QIZI RIKXA

“JIGAR” IGA JIGARINI BЕRGAN HIND QIZI….

Olmazor tumanidagi Shifokorlar mahallasining boshqa mahallalardan farqlanib turadigan bitta jihatlaridan biri turli millat va elat yoshlari bilan hamisha gavjumligida. Mamlakatimizdagi eng nufuzli tibbiyot oliygohi-Toshkent tibbiyot akademiyasi joylashgan bu mahallada nuroniylarni hursand qiladigan tomoni ham shunda.

“JIGAR” IGA JIGARINI BЕRGAN HIND QIZI RIKXA

90 yoshni qarshilab qolgan Yo‘ldoshxon ota G‘iyosov mahalada yana bir fayzli maskan ochilganidan boshi ko‘kka yetdi. Shunday tinch va farovon kunlarni ko‘rsatayotgani uchun Yaratganga shukronalar keltirdi. Mahalla raisi Ro‘zmatov Erkinjon aka hamrohligida Hindistonlik yoshlar taklifiga binoan yo‘l yoqasidagi shinam, zamonaviy oshxona tomon oshiqdilar.

“JIGAR” IGA JIGARINI BЕRGAN HIND QIZI RIKXA

Kuni kecha ko‘rimsiz xolatda yotgan bekat yoqasidagi bo‘sh bino keng va yorug‘ do‘stlik maskaniga aylanib ulgurgandi. Bayramona tus olgan yo‘lakda quvalashib yurgan baxtiyor bolalar, turli millat talabalarining bir-birlariga bo‘lgan do‘stona munosabatidan keksalarning ko‘ngli tog‘day yuksaldi. Yurtimizdagi tinchlik va xalqlar o‘rtasidagi do‘stlikni alqab, pichirlab duolar aytdilar.

Mahalla faollariga milliy libosi o‘ziga yarashib turgan Xind qizi Rekxa Singx va tarjimon talaba peshvoz chiqdilar.

O‘zbekistonga bundan 4 yil oldin kelib tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanayotgan Xind qizining iltifoti mahalla fahriylarini befarq qoldirmadi. Mehmonlar yig‘ilib, tadbir boshlangunga qadar otaxonlar xorijlik mahalladoshlari bilan yaqindan tanishib olishga ulgurdilar.

“JIGAR” IGA JIGARINI BЕRGAN HIND QIZI RIKXA

Mahalla raisi Erkin aka ikki mamlakat o‘rtasidagi do‘stlik rishtalarining bu qadar mustahkamligiga ajdodlarimiz merosi va madaniyati negizidagi o‘xshashlik qolaversa, yoshlarimizdagi ilm o‘rganishga bo‘lgan intilishlar sababligi haqida zavqlanib gapirdi.

Xorijlik talabalar ehtiyojidan kelib chiqib yurtining bir parchasi, vatani sog‘inchi hissini ularga tuhfa etishni istagan Rikxaning tadbirkorlik g‘oyalariga turtki bo‘lgan qisqa va ta’sirli hikoyasi esa oraga ajib bir yaqinlik solib, ikki millat ma’naviyatiga hos o‘xshashlikni yana bir bor eslatdi.

“JIGAR” IGA JIGARINI BЕRGAN HIND QIZI RIKXA

“ Mening taqdirimga O‘zbekistonda ishlab oilamni boqish, otam va onam oldidagi burchimni ado etish cheki tushganidan hursandman. Men mana shu 4 yil ichida bag‘rikeng O‘zbek xalqidan juda ko‘p saboq oldim. Ilk anglagan haqiqatim. inson kurashlarda toblanib o‘zligini toparkan. Yana bir haqiqat. otalar qaysi millat vakillari bo‘lmasin ular hamisha yaxshilikni o‘ylashadi. Men oila tashvishlarini juda erta o‘z bo‘ynimga oldim. O‘shanda doktorlar otamning jigari mutloq qurib borayotganini aytishganida o‘z jigarimni otamga berib uning hayotini qutqarib qolsam, men millatim bolalarining malakali vrach bo‘lishi uchun nimadir ish qilishni orzu qilgandim. Va shu maqsadim sari intildim.

“JIGAR” IGA JIGARINI BЕRGAN HIND QIZI RIKXA

“Jigarim”ga jigarimni berib oilamga yorug‘lik kirib kelishiga,otajonimning yana bag‘rimizga qaytishiga erishdim.

Endigi maqsadim otalaridan olisda ilm olayotgan millatim vakillariga oz bo‘lsada foydam tegishini hoxlayapman. Axir ular xind taomlarini kunda bir iste’mol qilsalar otasi va onasining issiq mehrini tuyganday bo‘lmaydimi. Vatanining bir parchasi qalbiga issiqlik bermaydimi.

Men bu haqiqatni talabalar bilan ishlagan yillarim milliy bayramlarimiz jarayonida ko‘rib ko‘zlarimga yosh kelgandi. Ular ba’zida milliy taomlarimizni juda juda qo‘msashardi. Bugungi loyiham shu ehtiyojdan kelib chiqdi. Sizday nuroniy otaxonlarni tezg‘tez bu maskanda mehmon bo‘lishingizni istadim. O‘zbek brodarlarimizning “qarisi bor joyning parisi bor” degan gapi menga juda yoqadi. Mening jigargo‘sham otajonim ham uzoqlarda bo‘lsada sizlar kabi oilamiz nuri, chirog‘i bo‘lib uzoq umr ko‘rishini istab sizlardan duo olgim keldi.”

“JIGAR” IGA JIGARINI BЕRGAN HIND QIZI RIKXA

O‘zbekiston shunday fayzli maskan. Bu yurtda chinakkam qilingan duolar ijobatini topadi. Bugun otasidan duo olib O‘zbekistonga kelgan Xind qizining ikkinchi vatanida yana bir ezgu niyati kurtak otdi. U o‘zi istiqomat qilayotgan Shifokorlar shaharchasida otasiday ulug‘ inson 90 yoshni qarshilagan otaxondan duo oldi. Hind-O‘zbek oshxonasi ikki mamlakat yoshlarining sevimli maskaniga aylanishi uchun astoydil harakat qilishni o‘z-o‘ziga va’da berdi.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan