“Oʻzbekistonda Konstitutsiyaning ijodkori — xalq. Yangi tahrirdagi Konstitutsiyamizni yaratishda har bir fuqaroning fikri oʻrganildi, har bir mulohaza inobatga olindi. Boisi, ijtimoiy mamlakatda qonunlar negizida, avvalo, inson shaʼni va qadr-qimmati ustun boʻlishi muqarrardir”.
Toshkent tibbiyot akademiyasida Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari ishtirokida oʻtkazilgan uchrashuvda Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining mazmun-mohiyati toʻgʻrisida soʻz bordi.
Deputatlar Bosh qonunimizdagi aholi salomatligini saqlashga doir moddalar mazmuni haqida atroflicha tushuncha berdi. Skrining tekshiruvlaridan tortib qishloq shifokori dasturining afzalliklari, tibbiy xizmat koʻrsatishning yangi modeli haqida soʻz yuritildi. Aholiga sifatli universal patronaj xizmati koʻrsatish, tibbiy sugʻurta borasidagi qulayliklarning inson va uning farovon hayoti uchun degan tamoyillardan kelib chiqqani mohiyati tushuntirildi, deyiladi akademiya axborot xizmati xabarida.