Toshkent tibbiyot akademiyasi yaqinda Bangladesh bilan llmilmiy hamkorlik to‘grisidagi kelishuvga erishganlugi haqida habar bergandik.
Kuni kecha Toshkent tibbiyot akademiyasi vakillari Bangladesh respublikasi Gʻalaba kunining 52 yilligi munosabati bilan Bangladeshning Oʻzbekistondagi Favqulodda va muxtor elchisixonasida bo‘ldilar.
Bangladesh elchisi bilan muloqot davomida bangladeshlik talabalarni akademiyada tahsil olishi uchun sharoitlar yaratilayotgani aytildi. O‘z navbatida elchi janoblari Mohammad Monirul Islom tomonidan hamkorlik doirasida qo‘shma loyihalar tayyorlanayotganligi taʼkidlandi.