«Oliy tibbiy ta’limda erishilgan yutuqlar va rivojlantirish istiqbollari» mavzusida XIX xalqaro o‘quv – uslubiy anjumani bo‘lib o‘tdi

#Jarayon

2024-yil 5-yanvar kuni Toshkent tibbiyot akademiyasida «Oliy tibbiy ta’limda erishilgan yutuqlar va rivojlantirish istiqbollari» mavzusida XIX xalqaro o‘quv – uslubiy anjumani bo‘lib o‘tdi.

Anjumanda kredit-modul tizimi va o‘quv jarayonini tashkil etish, tibbiy ta’lim sifatini oshirishda simulyasion o‘qitishning o‘rni, tibbiy ta’limda raqamlashtirishning ahamiyati, mustaqil ta’lim: muammo va istiqbollar, tibbiyotda ta’limning turli masalalari yo‘nalishlarida AQSH, Rossiya, Koreya Respublikasi, Pokiston, Qozog‘iston kabi davlatlari yetakchi olimlari va ekspertlar ishtirok etdilar.

Sabrina Chowdhury,  MMSc:

Sog’liqni saqlash  va ta’lim tizimi. Bu borada Amerika va O‘zbekiston o’rtasida juda ko’p o’xshashliklar mavjud…
Ta’limga  sarmoya kiritish, o’quv dasturlarini qayta ko’rib chiqish… Tibbiy ta’limimiz doimiy ravishda o’zgarib turishi, tibbiy o’quv dasturini qayta ko’rib chiqish uchun foydalanishimiz mumkin bo’lgan strategiyalarimiz bor. Amerikada talabalar tibbiyot maktabida o‘qishni boshlashlari bilan o‘sha aholiga tibbiy yordam olishda yordam berish uchun ko’proq qishloq joylariga yuboriladi.

Maqsad: O’zbekiston sog’liqni saqlash tibbiyotini o’rganish, ta’lim tizimining ingliz tilini o’rgatish bo’yicha ko’nikmalarga ehtiyoji bor.

U.S.  Fulbright Scholar,  Professor of Physiology,  University of Florida,  USA

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan