Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Talaba va o‘quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazi, “Ziyo Forum” ilm-fan va ta’lim tarbiyani rivojlantirish Xalqaro fondi hamkorligida “Yoshlar huquqlarini kafolatlash Yangi O‘zbekiston konstitusiyasining ustuvor yo‘nalishi” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy konferensiyada Toshkent tibbiyot akademiyasi Xotin-qizlar kengashi hamda talaba-qizlar faol ishtirok etdilar.
Konferensiya yakunida ishtirokchilar bilan yangilangan Konstitutsiya yuzasidan savol-javoblar o‘tkazildi va savollarga to‘g‘ri javob bergan ishtirokchilar tashkilotchilar tomonidan taqdirlandi.
“Yoshlar huquqlarini kafolatlash Yangi O‘zbekiston konstitusiyasining ustuvor yo‘nalishi” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasida Zoom orqali hududlardagi oliy ta’lim muassasalari ham ishtirok etishdi.