“Professional ta’lim muassasalarini metodik va ilmiy jihatdan qo‘llab-quvvatlash to‘g‘risida”gi qonun hujjatlari ijrosini ta’minlash maqsadida: Yaqinda Toshkent tibbiyot akademiyasiga biriktirilgan 2- Respuplika Abu Ali ibn Sino nomidagi jamoat salomatligi texnikumida 2023/2024-o‘quv yili bitiruvchilari uchun o‘tkazilgan Davlat attestatsiya komissiyasida TTA professor-o’qituvchilari ishtirok etdilar.
Bitiruvchi kurs o‘quvchilari Davlat imtihonini muvaffaqiyatli topshirib, Oliy tibbiy ta’lim muassasalarida o‘qishni davom ettirish imkonini qo’lga kiritdilar.