Diqqat e’lon!!! Yoshlar akademiyasi – ilm-fan rivojiga o’z hissangni qo’sh mavzusida forum tashkil etiladi

TTA Yoshlar Akademiyasi

TTA Yoshlar akademiyasi barchani  Yoshlar akademiyasi forumiga taklif etadi.

12———>15.02.2024

14.00da offline va Zoom platformasi orqali online tarzda tashkil etiladi

Forumning “Ochilish” marosimida:

Doktorant, tayanch-doktorant va mustaqil izlanuvchilar uchun xorijiy jurnallarda maqolalar chop etish, “English for sciense”,  “Bo‘lajak olim”, tanlovlari  “Akademik harakatchanlik” dasturi to’g’risida startap loyihalarni rivojlantiruvchi malakali spiker va mentorlar ishtirokida seminar-treninglar bo‘lib o‘tadi.

Forumning 2-kuni:

“Yoshlar akademiyasi faoliyati, platformalar”, “TTA Yoshlar akademiyasi faoliyati doirasidagi tadbirlar bilan tanishtirish” kabi mavzulardagi taqdimotlar.

Forumda qatnashgan barcha ishtirokchilar sertifikat bilan taqdirlanadi.

Forum o‘tkazilish manzili:  TTA bosh o‘quv binosi 4-qavat 401-xona
Barchani forumda faollikka chorlab qolamiz!

“Yoshlar akademiyasi – ilm-fan rivojiga o’z hissangni qo’sh”

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *