Toshkent tibbiyot akademiyasida 26-27 fevral kunlari «Jamoat salomatligi va menejment» kafedrasi tomonidan tashkil etilgan “Menejerlar uchun tibbiy texnologiyalarni boshqarish” nomli seminar trening tashkil etildi. Seminar treningda kafedra xodimlari hamda iqtidorli talabalari “Jamoat salomatligini saqlash va boshqarish” maktabi xodimlari faol ishtirok etmoqdalar. Trening O‘zbekistonda GIZ-ning «Ilg‘or tibbiy texnologiyalarni boshqarish» dasturi asosida ishlab chiqilgan bo‘lib bu tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazining – Menejment, Ijtimoiy va Birlamchi Sog‘liqni Saqlash fakultetining Tibbiyot Texnikasi va Innovatsion Texnologiyalar bo‘yicha Injener-Texnik Xodimlar kafedrasiga tegishli va menejerlar ish faoliyatlari uchun axamiyatli xisoblanadi. Seminar treningda asosiy ma`lumotlarni Germaniyalik mutaxassis Ann Kristin Xanzer GIZ-ning «Ilg‘or tibbiy texnologiyalarni boshqarish» bo‘yicha mutaxasisi va Mirvarisova Lobar Teshaboyevna TXKMRM “Tibbiyot Texnikasi va Innovatsion Texnologiyalar” kafedrasi dotsenti t.f.n. tomonidan ma`ruzalar tinglandi va seminar trening qizg‘in baxs munrzaralar bilan davom etmoqda.