U pokiza ishqni, yashashga kuch bergan muhabbatni, suyangani sadoqatni, onalikning beg‘ubor tuyg‘ularini she’rga soldi. Biroq eng ko‘p bahorni kuyladi.
Ko‘klamning moʻjizakor lahzalarini, o‘rik gullarining iforini, yomg‘ir tomchilarining shivirini tinglay oldi. Bu sehrli ohanglar satrlarda o‘z ifodasini topdi. Bu bejiz emasdi. Chunki u bahorning ilk kunida dunyoga kelgan edi!
1-mart – shoira Zulfiyaxonim tavallud topgan kun munosabati bilan Adiblar hiyoboni she’riyat ixlosmandlari bilan gavjum bo’ldi.
Go’zal qizlar boshidagi iroqi do’ppilaru, ijodkor qalblardan jo’shib chiqayotgan she’riy satrlar sadosini eshitib bir lahza Zulfiyaxonim yashagan davrga tushib qolgandek his qilasiz go’yo.
Toshkent tibbiyot akademiyasi ma’muriyati tomonidan ta’sis etilgan Zulfiyaxonim nomidagi maxsus stipendiya hamda ko’krak nishonining taqdirlash marosimi yig’ilganlarda katta taassurot qoldirdi