Joriy yil 1-7 mart kunlari Rossiya Federatsiyasining Sirius federal hududida “Butunjahon yoshlar festivali” boʻlib oʻtdi.
Festivalda biznes, OAV, xalqaro hamkorlik, madaniyat, fan, taʼlim, volontyorlik va xayriya, sport, tibbiyot, jamiyat hayotining turli jabhalari kabi yoʻnalishlar boʻyicha 190 mamlakatdan 20 ming nafar yoshlar etishdi. Jumladan, Toshkent tibbiyot akademiyasi Yoshlar ittifoqi boshlang’ich tashkiloti Yoshlar daftari va metsenatlik dasturlari koordinatori Kamilov Jasurbek ham festivalda faol ishtirok etishdi.
Kamilov Jasurbek festival doirasida Qatar Respublikasi Qizil Yarim Oy tashkiloti tomonidan “Volunteers Division” ko’krak nishoni bilan taqdirlandi.
Yopilish marosimida Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Vladimirovich Putin ham ishtirok etdi.
7-martga qadar davom etgan festival doirasida ishtirokchilar 50 dan ortiq turli dasturlarda ishtirok etib, oʻz bilim va salohiyatlarini yanada mustahkamlash imkoniyatiga ega boʻldilar. Shuningdek, turli davlat, millat va elatlar oʻrtasidagi mustahkam doʻstlik aloqalarining yanada rivojlanishiga ham xizmat qildi.