Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi tomonidan o‘tkazilgan “Olima ayollar” tanlovda ilmiy darajaga ega bo‘lgan xotin-qizlar ishtirok etdilar. Toshkent tibbiyot akademiyasining olima ayollari taqdim etgan ilmiy loyihalar tanlov munosabati bilan o‘tkazilgan o‘quv seminari jarayonida qizg’in muzokaralarga sabab bo‘ldi.
Seminarda O’zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi, vazirlik, idora, qo‘mitalar tizimidagi oliy ta’lim va ilmiy-tadqiqot muassasalarida hamda ilmiy faoliyat bilan shug‘illanuvchi boshqa tashkilotlarda faoliyat yuritayotgan olimalar ishtirok etishdi.