Rossiyaning I. Mechnikov nomidagi Shimoliy-G’arbiy davlat tibbiyot universiteti vakillari bilan uchrashuv o‘tkazildi

Rossiyaning I. Mechnikov nomidagi Shimoliy-G'arbiy davlat tibbiyot universiteti

Toshkent tibbiyot akademiyasida xalqaro aloqalar doirasida Rossiyaning I. Mechnikov nomidagi Shimoliy-G’arbiy davlat tibbiyot universiteti vakillari bilan uchrashuv o‘tkazildi.

Uchrashuv mobaynida fan va taʼlim yo‘nalishidagi innovatsion hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqish yuzasidan fikrlar almashildi. Shuningdek, tibbiyot xodimlari uchun qoʻshma dasturlar, talabalar almashinuvi, kadrlar malakasini oshirish va ilmiy tadqiqotlarni rivojlantirish kabi muhim yoʻnalishlar muhokama qilindi.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan