Turg‘unpo‘lat Daminov o‘zining qariyb 60 yillik ilmiy-pedagogik faoliyati davomida Toshkent davlat tibbiyot instituti dotsenti, kafedra mudiri, rektori, Toshkent pediatriya ilmiy-tekshirish instituti direktori lavozimlarida samarali mehnat qildi. Toshkent tibbiyot akademiyasida yoshlarga saboq berib, yuqori malakali kadrlar tayyorlashga munosib hissa qo‘shdi.