Toshkent tibbiyot akademiyasining «Jamoat salomatligi va menejment» kafedrasiga akademik mobillik ishlarini yanada takomillashtirish va o`zaro tajriba almashish maqsadida Qozog‘iston Respublikasi Olamaota shahridagi S.D.Asfendiyorov nomidagi “Qozoq milliy tibbiyot universiteti” assistentlari Zaynishova Soxiba Botirovna va Alimkulova Malika Yunusovna tashrif buyurishdi. Tashrif davomida va menejment fakulteti talabalari uchun master klasslar va ma`ruzalar olib borilmoqda. Jarayonda kafedra xodimlari va talabalarimiz faol ishtirok etishmoqda.