Toshkent tibbiyot akademiyasining «Jamoat sog‘lig‘ini saqlash maktabi» ga akademik mobillik ishlarini yanada takomillashtirish va o‘zaro tajriba almashish maqsadida Qozog‘iston Respublikasi Olmaota shahridagi S.D.Asfendiyorov nomidagi “Qozoq milliy tibbiyot universiteti” “Hamshiralik ishi” kafedrasi mudiri Makhatbetkulova Dinara Nurgaliyevna va “Tibbiyot huquqi” kafedrasi mudiri Bagatiryova Lidiya Bashirovna tashrif buyurishdi.
Tashrif davomida, Jamoat sog‘lig‘ini saqlash maktabi magistr talabalari uchun mahorat darslari va maruzalar olib borilmoqda. Jarayonda maktab xodimlari va magistr talabalarimiz faol ishtirok etmoqda.