E’lon!

Akademiyaning  BAKALAVRIAT, MAGISTRATURA, KLINIK ORDINATURA VA DOKTORANTURA bosqichi talabalari uchun Toshkent tibbiyot akademiyasida ta’sis etilgan nomli stipendiyalar va turli nominatsiyalar bo‘yicha TANLOV boshlanganini e’lon qilamiz!

Tanlovga tegishli ma’lumotlar 1-havolada keltirilgan 1-ilova

Toshkent tibbiyot akademiyasida ta’sis etilgan nomli stipendiyalar va turli nominatsiyalarga 13-apreldan 13-mayga qadar quyidagi havola orqali ro’yxatdan o’tishingiz mumkin onlayn ro’yxatdan o’tish

Ro’yxatdan o’tgan nomzodlarning hujjatlar yig’ma jildi (partfoliosi) 2024-yil 13-maydan  28-mayga qadar 1-ilovada keltirilgan jadval asosida «Iqtidorli talabalarning ilmiy tadqiqot faoliyatini tashkil etish bo’limi»da (2 o‘quv bino, 2 qavat) soat 14.00 dan 18.00 gacha qabul qilinadi.

«G‘oliblar Toshkent tibbiyot akademiyasida ta’sis etilgan nomli stipendiyalar va turli nominatsiyalar tanlovini o‘tkazish va ularni tayinlash tartibi to‘g‘risida NIZOM talablariga muvofiq maxsus tanlov komissiyasi xulosasiga ko‘ra aniqlanadi. Nizom bilan batafsil https://tma.uz/ saytida tanishingiz mumkin.

Nizom bilan tanishish

Murojaat uchun: https://t.me/ttaiqtidorli

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan