Toshkent tibbiyot akademiyasi jamoasi Adiblar xiyobonida “Milliy qadriyatlar sayli” doirasida Jizzax viloyati milliy an’analari bilan yug’rilgan qadriyatlarimizni namoyish etdilar.

#Milliy_qadriyatlar_sayli

Toshkent tibbiyot akademiyasi jamoasi Adiblar xiyobonida “Milliy qadriyatlar sayli” doirasida  Jizzax viloyati milliy an’analari bilan yug’rilgan qadriyatlarimizni namoyish etdilar.

Adiblar xiyobonida 12 ta viloyatlar, Toshkent shahri va Qoraqalpog‘iston Respublikasi madaniyati, milliy taomlari, milliy kiyimlari va urf-odatlarini tarannum etilgan bo‘lib, bir paytning o’zida har tomondan milliy musiqalari, yor-yor va laparlar jarangladi.

Jamoamiz 20 ga ortiq soha bo’yicha qadriyatlar va an’analarni xavas qilgudek darajada tarannum etdi.

Shuningdek,  Jizzax viloyatiga xos bo’lgan 50 dan ortiq milliy taomlar ko’rgazmasida bo’lgan kishi bexos o’zini Jizzaxda turgandek xis qildi.  Baxmalning tilni yorar olmasi, Baxmal tandir go’shti, Jizzax tandir go’shti, 10 xildan ortiq somsalari, keskan oshi, pechaklar, qozon zog’ora noni, Jizzax palovi, Jizzax shashligi kabi noz-ne’matlardan Jizzax viloyatining nafasi ufurib turdi.

 

 

 

 

Translate: Eng Рус

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan