TTA Termiz filialida Ilmiy – amaliy konferensiya bo’lib o’tdi

TTA Termiz filialida Ilmiy - amaliy konferensiya bo'lib o'tdi

Kuni kecha Termiz shahrida Toshkent tibbiyot akademiyasi Termiz filialida “Akusherlikning dolzarb muammolari va ularni yechish yo’llari” Ilmiy – amaliy konferensiya bo’lib o’tdi. Konferensiya Toshkent tibbiyot akademiyasi Oilaviy tibbiyotda akusherlik va ginekologiya (kafedra mudiri prof. D.K.Najmutdinova), Akusherlik va ginekologiya (kafedra mudiri F.I.Shukurov) va ТТА Termiz filiali Akusherlik va ginekologiya (kafedra mudiri D.A.Xurmatova) kafedralari tashabbuslari bilan birgalikda o’tkazildi. O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 29-iyuldagi “Ommaviy tadbirlarni tashkil etish va o’tkazish tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi 205-son qarorini ijro etish maksadida tashkil etilgan ushbu Ilmiy – amaliy konferensiya 2024 yilning 23-24 aprel kunlari Termiz shahri “Imom Termiziy хalqaro ilmiy-tadqiqot markazi” anjumanlar zalida gibrid shaklida o’tkazildi. “Akusherlikning dolzarb muammolari va ularni yechish yo’llari” mavzusidagi Ilmiy – amaliy konferensiyada kafedramiz professor-o’qituvchilari o’z ma’ruza va mahorat darslari bilan faol ishtirok etishdi. Kafedramiz mudiri, professor Najmutdinova Dilbar Kamariddinovna akusherlikda dolzarb mavzulardan biri bo’lgan “Kesarcha kesish. xavfsiz yechim yoki kelajakka tahdid” nomli ma’ruzalarida zamonaviy akusherlikda Kesar kesish amaliyotining o’rni, chastotasi va asoratlari haqida to’liq ma’lumot berdilar. Akusherlik va ginekologiya kafedrasining mudiri Shukurov Farxod Ishqulovich “Gemorragik shok. Akusherlik qon ketishida infuzion-transfuzion terapiya” dolzarb mavzuni yoritib berdilar. Akusherlik va ginekologiya kafedrasining Abdullayeva Lagiya Mirzatullaevna “Surxondaryo viloyatida onalar o‘limini kamaytirish muammosi va yo‘llari” haqida so’zladilar. Professor Magzumova Nargiza Maхkamovna o’zlarining “Homiladorlik, tug’ish va tug’ruqdan keyingi davrda tromboembolik asoratlarni oldini olish” nomli ma’ruzalarida akusherlik va ginekologiyaning eng og’ir asorati bo’lmish tromboembolik asoratlar хaqida ma’lumot berdilar. Tromboembolik asoratlar yuzaga kelganda shoshilinch yordam ko’rsatish, bu asoratlarni oldini olish choralari haqida o’qib eshittirdilar. Dotsent Ataхodjaeva Fatima Abduraimovna “Sog’liqni saqlash tizimidagi birlamchi tibbiy-sanitariya va akusherlik muassasalarida homiladorlar anemiyasining diagnostikasi, oldini olish va davolashdagi yangi mezonlari” nomli ma’ruzalarida homilador ayollarda eng keng tarqalgan somatik patologiya hisoblangan anemiyani diagnostikasi va zamonaviy davolash usullari haqida batafsil ma’lumot berdilar. Konferensiyasi yakunida professor Najmutdinova Dilbar Kamariddinovna tomonidan “Akusherlik amaliyotida shoshilinch tibbiy yordam” mahorat darsi interaktiv usulda namoyish etildi. Unda akusherlikda urgent holatlar yuzaga kelganda mulьtidissiplinar komanda yordamida ayollarga birinchi yordam ko’rsatishni qadamma qadam bosqichlarini yoritib berildi va barcha qatnashchilarga “Akusherlikda shoshilinch yordam” klinik qo’llanmasi taqdim etildi. O’tkazilgan ilmiy – amaliy konferensiya nazariy va amaliy jihatdan akusherlikning dolzarb muammolarini yoritib berish bilan birga akademik mobillikni rivojlantirish uchun ham katta hissa qo’shdi.

TTA Termiz filialida Ilmiy - amaliy konferensiya bo'lib o'tdi TTA Termiz filialida Ilmiy - amaliy konferensiya bo'lib o'tdi

 

Translate: Eng Рус

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan