Maqolalar tanlovi «Bitiruvchi va talaba-yoshlar» loyihasi doirasida tashkil etilmoqda. Ushbu tanlov 2 yo‘nalishda tashkil etiladi: Ilmiy va ommabop. Tanlov ikki bosqichda amalga oshiriladi:
1-bosqich: OTM bosqichi. 10-maydan 15-maygacha. 1-bosqichda har bir yo’nalish bo’yicha 1-o‘rinni egallagan maqolalar
2-bosqichga tavsiya etiladi. OTM bosqichi g’oliblari to’g’risidagi ma’lumotlarni (bayonnoma va maqolalar)
Maqolalartanlovi@gmail.com elektron pochtasiga taqdim etish zarur.
2-bosqich: Toshkent shahar bosqichi. 15-maydan 20-maygacha. 21-may kuni yakuniy anjuman bo‘lib o‘tadi va unda g‘oliblar taqdirlanadi.
Tanlovda Toshkent shahri oliy ta’lim muassasalarida ta’lim olayotgan talabalar ishtirok etishlari mumkin.
Maqolalar quyidagi tillarda qabul qilinadi:
- o‘zbek
- rus
- ingliz
Murojaat uchun tel +998935205255