«Akusherlikda shoshilinch yordam «II Xalqaro fan olimpiadasi

«Akusherlikda shoshilinch yordam «II Xalqaro fan olimpiadasi o‘tkazildi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 9-sentabrdagi “Respublika oliy ta’lim muassasalarida tahsil olayotgan, ilmiy-tadqiqot faoliyati bilan shug‘ullanayotgan iqtidorli yoshlarni yanada qo‘llab-quvvatlash to‘g‘risida”gi PF- 6309-sonli Farmonni ijrosini ta’minlash maqsadida Toshkent tibbiyot akademiyasining Oilaviy tibbiyotida akusherlik va ginekologiya kafedrasida Oilaviy shifokor tayyorgarligi bo‘yicha talabalar o‘rtasida «Akusherlikda shoshilinch yordam» nomli II Xalqaro fan Olimpiadasi o‘tkazildi. Onlayn II Xalqaro fan olimpiadasi o‘zbek, rus va ingliz tillarda o‘tkaziib, unda tibbiyot institutining 6-kurs talabalari faol ishtirok etishdi. Olimpiadani Oilaviy tibbiyotda akusherlik va gineklogiya kafedrasi mudiri, professor Najmutdinova Dilbar Kamariddinovna ochib berdilar. Olimpiada 2 bosqichda o‘tkazildi: 1- bosqichi Google test platformasida fan bo‘yicha 30 ta savoldan iborat test sinovlari davomida 80 dan yuqori ball to‘plagan talabalar 2-bosqichga o‘tdilar. 2-bosqich davomida vaziyatli masalalar yechish jarayoni – Zoom platformasida o‘tkazilib, ushbu vaziyatli muammo bo‘yicha tashxis qo‘ysh, Oilaviy shifokorining harakatlar algoritmi shaklida taktikani ishlab chiqish va amaliy ko‘nikmalarni namoyish etish bilan yakunlandi. Hakamlar hay’ati javoblarni shablon bo‘yicha 100 ballik tizimda baholab, Olimpiada g’oliblarini aniqladilar.

Translate: Eng Рус

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan