Toshkent tibbiyot akademiyasida bo‘lib o‘tgan “BIZ SOG‘LOM YURT FARZANDLARIMIZ”

BIZ SOG‘LOM YURT FARZANDLARIMIZ

Bugun Toshkent tibbiyot akademiyasida bo‘lib o‘tgan “BIZ SOG‘LOM YURT FARZANDLARIMIZ” sport bayrami akademiya professor o‘qituvchilari, xodimlari va talabalari xotirasiga yana bir necha yillarga muhrlandi.

Mohiyatan, sport salomatlik garovi ekanini barchamiz yaxshi bilamiz. Shu bois, Toshkent tibbiyot akademiyasida sport bilan shugʻullanish ommaviy tus olgan. Sogʻlom turmush tarziga amal qilayotgan talabalarimiz soni kun sayin koʻpayib borayotgani ham fikrimiz dalilidir. Erta tongdan kamalak ranglaridek tovlangan sport kiyimida SHIFOKOR sport majmuasiga yig‘ilganlar qo’llarida vatan bayrog‘ini xilpiratib ko‘zni quvnatdilar.

Professor o‘qituvchilar va xodimlar o‘rtasida estafeta, Oilaviy estafeta, Bolalar o‘rtasida estafeta, sheyping, erkaklar va ayollar o‘rtasida stol tennisi, voleybol, shaxmat, bo‘yicha jamoaviy musobaqalar kiritildi.

Shuningdek, Navo shifo ansambli ijrosidagi konsert dasturi, sport musobaqalari va g‘oliblarni taqdirlash jarayonlari bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda 3000 nafar tomoshabin sifatida ishtirok etgan bo‘lsa, 2000 nafar professor o‘qituvchilar va talabalar sport paradi namoyishlari va sport musobaqalarida ishtirok etdilar.

BIZ SOG‘LOM YURT FARZANDLARIMIZ BIZ SOG‘LOM YURT FARZANDLARIMIZ

BIZ SOG‘LOM YURT FARZANDLARIMIZ BIZ SOG‘LOM YURT FARZANDLARIMIZ

BIZ SOG‘LOM YURT FARZANDLARIMIZ BIZ SOG‘LOM YURT FARZANDLARIMIZ

BIZ SOG‘LOM YURT FARZANDLARIMIZ

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan