Xotira – abadiy, qadr – muqaddas

Xotira va qadrlash – xalqimizning asriy qadriyatlari, ulug‘ fazilatlaridan biridir. O‘zbek xalqiga insoniylik, qadr-qimmat, e’zoz va hurmat yarashadi!
Yurtimizda keng nishonlanayotgan “9-may-Xotira va qadrlash kuni” munosabati bilan Toshkent tibbiyot akademiyasida faoliyat olib borgan, hozirda keksalik gashtini surayotgan faxriy ustozlarga g‘amxo‘rlik va e’tibor ko‘rsatildi.
Kafedra professor-o‘qituvchilari, bo‘lim xodimlari tomonidan faxriy ustozlar xonadonlariga tashrif buyurib, esdalik sovg‘alari taqdim etildi. Ezgu tilaklar bildirildi. Nuroniy ustozlarning duosi olindi.
Tinch va osoyishta osmon ostida jannatmakon diyorda, erkin va farovon hayotda yashayotganligimiz shukronasi bildirildi.

 

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan