2024-yil 15-may kuni Toshkent tibbiyot akademiyasiga Xalqaro hamkorligini yanada kengaytirish doirasida Turkiyaning Anqara shahridagi Anqara Yildirim Boyazid universiteti rektori Doktor Ali Cengiz Köseoğlu boshchiligidagi delegatsiya tashrif buyurdi.
Tashrif davomida mehmonlarga Akademiyaning Simulyatsion markazi, Raqamli tibbiyot markazi, TTA Muzeyi hamda zamonaviy kutubxona bilan tanishtirildi.
Tashrif so’nggida o’zaro ikki tomon o’rtasida kelgusidagi hamkorlik doirasida kelishuvlarni yanada mustahkamlash maqsadida Hamkorlik memorandumi imzolanildi.
Translate: Eng