Bugungi kunim mazmunli o`tdi. Men DOKTOR REPORTER sifatida Toshkent tibbiyot akademiyasi ko’p tarmoqli klinikasining Qon tomirlar jarrohligi bo’limida telereportaj tayyorlash jarayonida ishtirok etdim.
Tibbiyot fanlari doktori, professor Akmal Abdullayevich Irnazarovdan foydali ma’lumotlarga ega bo’ldim.
Klubimiz ra rahbari jurnajist Gujchehra Mirzayeva yordamida intervyu olish va reportaj tayyorjash texnikajarini o`rganib oldim. Quyidagi intervyu mening birinchi ijodiy ishim.
Suhbatdoshim Tibbiyot fanlari doktori, professor Akmal Abdullayevich Irnazarov.
«Arteroskleroz – arteriyalar ichki qavatini asta sekin yopilishi bilan kechuvchi kasallik. Bu kasallik barcha qon tomirlar qayerda bo’lsa bosh miya qon aylanish sohasi, yurak qon aylanish havzasi, oyoqlar qon aylanish doirasi qayerda arteriyalar bo’lsa o’sha joyda zararlanishi bilan kechadi. Zaralanish ko’proq yurak qon tomirlarida bo’lsa bu yurak ishyemik kasalliklari, stenokardiya belgilari bilan namoyon bo’ladi. Agarda zararlanish uyqu qon tomirlarida kuchaysa, demak uyqu qon tomirlarini zaralanishidan kelib chiquvchi klinik belgilar: bosh aylanishi, qo’l-oyoq uvishishi, ko’z ko’rishining buzulishi, quloqdagi shovqin kabi yuzaki simptomlar va eng og’ir simptomi ishyemik insultgacha olib kelishi mumkin. Agarda oyoq arteriyalarini zararlanishi kuchaysa bunda oyoqni sovqotishi, oyoqdagi teridagi hamda tirnoqdagi o’zgarishlar va asta-sekin oyoqda barmoqlarda qorason belgilari namoyon bo’lishi bilan kuzatilinadi. Arteroskleroz bu multifokal zararlanish. Ya’ni bitta arterial havzani emas, balki bir nechta arterial havzani bir vaqtda zararlashni boshlaydi. Chunki muammo bemorni qonida bo’ladi. Bu arteroskleroz metobalik kasalliklar qatoriga kirib, o’sha lipidlar, proteinlar almashunivini buzilishi natijasida kelib chiqadi. Asosan arteroskleroz bilan kasallanadi yoshi katta insonlar ko’proq erkaklar zararli odatlari mavjud ichuvchi, chekuvchi kishilarda, qo’shimcha kasalligi bo’lgan bemorlarda ya’ni qandli diabet bilan og’riydigan, semizligi bor bemorlarda bundan tashqari arterial gipertenziya ya’ni qon bosimi bilan xastalangan bemorlar ko’proq bu kasallikka uchraydi. Demak, bu kasallikni tashxislashda oddiy usullardan foydalanamiz ya’ni tomirlarni o’tkazuvchanligi pulsatsiyani bor yoki yo’qligini, susayganmi yoki kuchlimi sog’lom tomonga nisbatan pulsatsiya sustmi yoki kuchliroqmi mana shu holatlarni biz aniqlab tashxislashni boshlaymiz.
Undan keyin qon bosimini o’lchash oddiydan murakkabga qarab ketamiz. Qon bosimini aniqlashni boshlaymiz ya’ni qon tomir yopilishni boshlagandan keyin bosim tushishni boshlaydi. Keyingi tekshiruv eng samarali tekshiruvlardan bo’lib dublikst skanerlash hisoblanadi. Ya’ni tomirlarni ultratovush tekshiruvi sanaladi.
Bu holatda bizga tomirdagi o’zgarishlarni dublikstchi aytib beradi ya’ni tiqilish darajasini, qon tomirdagi qon oqimini tezligini bundan tashqari qonni yo’nalishini aniqlab beradi. Navbatdagi tekshiruv murakkabroq bo’lib kompyuter tomografik angeogiografiya tekshiruvi ya’ni kontrast modda yuborilib tomirlarni o’tkazuvchanligi bor yoki yo’qligini anniq ko’rsatib beradi.
Mana shu ketma-ketlikda bemorni shikoyatiga qarab qaysi arterial havza zararlanganligiga qarab biz tekshiruvni amalga oshiramiz. Tekshiruvdan so’ng da’volash turli xil bo’lib bular xirurgik hamda konservativga bo’linadi. Xururgik da’volashni o’ziga yarasha ko’rsatmalari bor. Albatta, koʻrsatmalar bo’lsa biz jarrohga murojaat qilamiz. Yengil bosqichlarida ya’ni birinchi ikkinchi darajalarida biz konservativ da’voga arteroskleratik pilakchalarini o’sishini to’xtatuvchi dori-darmonlarga murojaat qilamiz. Xirurgik da’voni ham turlari 2 xil: ochiq xirurgiya, ya’ni tomirni ichini tozalab yangi sun’iy tomir qo’yib bajariladi va endovazpiliyar xirurgiya bu tomirni ochmasdan, kesmasdan ichkarisiga kirib tomirni ichidan balon, stent yordamida ochish jarayoni sanaladi. Tomir ochilganidan keyin uni, albatta, parvarishlash lozim ya’ni zararli odatlardan, notog’ri ovqatlanishdan saqlanish darkor. Sababi vaqt o’tishi bilan bir ikki yildan so’ng tomir yana yopilib qoladi. Hamda bemor har olti oyda dinamik kuzatuvda bo’lishi, tomirlar holati tekshirilishi kerak, shuningdek qonni suyultiradigan, qon aylanishini qo’llab-quvvatlaydigan dori vositalarini iste’mol qilib turishi lozim.»
Yuqorida siz yurak qon tomir kasalliklari bilan batafsil ma’lumotga ega bo’ldingiz. Har bir kasallikning da’vosi uni vaqtida oldini olishdir. Demak, yurak qon tomir kasalliklarini oldini olishda ham o’z vaqtida tibbiyot mutaxassislari ko’rigida bo’lish olti oyda bir marta shifokor maslahatini olish foydadan holi bo’lmaydi, shu bois o’zingizni ehtiyot qiling sog’ligingizga be’etibor bo’lmang!
Doktor reportiyor loyihasini kuzatib boring.
Muallif:
Samatova Navro’za 2-son Davolash ishi fakultetining 1-kurs talabasi.
Doktor reportiyor Debat klubi a’zosi.